O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sulton Ali Rahmatov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida nega 13 yil davomida konsert qo‘ymagani, mualliflik huquqi, bugungi o‘zbek qo‘shiqchilari va boshqa mavzulardagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Dunyoni baribir zabt etaman”, — deydi sozanda va bastakor.
Shahrisabz shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini yuqori tezlikda kelayotgan Damas urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi, haydovchi qamoqqa olindi.
Shanba kuni Mudofaa vazirligi harbiy qismlari vakillari orkestr sadolari ostida Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurish qildi. Maydonda harbiylar va orkestrning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. PressPhoto.uz suratlari va vazirlik videosi.
Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan Spark Volkswagen bilan to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.
20-aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida VI BYD Toshkent xalqaro marafonining tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi.
Samarqandda fuqaroni Isroilga ishga jo‘natish uchun 18 ming dollar, Qashqadaryoda 4 kishini Nikaraguaga jo‘natish uchun 35 ming dollar so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi.
DXXning Toshkent viloyati va shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarida 19,7 kg sintetik narkotik moddalar olib qo‘yildi. Aniqlanishicha, Rossiya va Qozog‘istondan olib o‘tilgan moddalarni internet orqali sotish rejalashtirilgan.
Qashqadaryoda fuqaro shifoxonadagi 2 yoshli farzandi vafot etganini aytgan jarrohni urdi. “Otasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim, qolganini to‘liq eslolmayman”, — deydi shifokor. Bolaning onasi eri bu ishni asabiy holatda qilganini aytib, shifokordan “to‘g‘ri tushunish”ni so‘radi.
Bir yil ichida sudlar tomonidan tibbiyot xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan yoki ularga qonunga xilof ravishda ta’sir ko‘rsatgan 87 nafar shaxsga nisbatan jarima yoki qamoqqa olish jazosi tayinlandi. Ushbu qoidabuzarlik uchun qamoqqa olish mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.
O‘zbekiston Qozog‘istonning suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida gumanitar yordam jo‘natdi. “Gazeta.uz” manbasining xabar berishicha, 10 mlrd so‘mlik 100 tonna yuk yuborilgan. Foto.
BAAda yoqqan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘plab muassasalar, xususan, aeroportlar faoliyati to‘xtatilgandi. Shu sababli 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi 1 kun davomida Dubay aeroportining kutish zalida qolib ketdi. Muzokaralardan so‘ng ular Uzbekistan Airways samolyotida Toshkentga qaytarildi.
O‘zbekistonning Dushanbedagi yangi elchixonasi, avtomobil bozoridagi uch oylik pasayish, Mudofaa vazirligining harbiy marshi, 9 ta hududga sel kelish xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Xonanda Lolani internetda haqoratlashdi — ba’zi foydalanuvchilar uning libosida ko‘krak shakli haddan ortiq sezilib turibdi, demoqda. “Jirkanch narsalarni yozishyapti, haqoratlashyapti, kamsitishyapti”, — dedi u “Gazeta.uz”ga. Qo‘shiqchi “O‘zbekkonsert”dan “suhbat” emas, balki himoya istagandi.
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Amanbayevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tadbirkor va Zulfiya mukofoti sovrindori firibgarlik va pora berishga sheriklikda gumonlanmoqda. U OAV xabarlarini asossiz deb atadi.
Toshkent shahri hokimligi aholidan Bektemir tumanidagi 270 dan ortiq ko‘cha, yo‘lak va boshi berk ko‘chalarga nom berish va nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etishni so‘radi. Ovoz berish jarayoni geonom.tashkent.uz saytida 27-aprelga qadar davom etadi.
20-aprel kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining tantanali piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar qo‘shiqlarni ijro etayotgan orkestr sadolari ostida poytaxtning asosiy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi (xarita).
O‘zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda xabar beruvchining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki himolanishi va boshqa qator kafolatlar aks etgan.
Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan sinf rahbari voyaga yetmaganlarni qiynoqqa solishda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video).
O‘zbekistonda fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi. O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting