Siyosat

dayjest

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbedagi yangi elchixonasini ochib berdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.


Iqtisodiyot

dayjest

Qator hududlarda chiqindi xizmati uchun tariflar oshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari oshirildi. Narxlar 1200−2000 co‘m oralig‘ida ko‘tarildi.


dayjest

O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi oy avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilganini ma’lum qildi. Bozor mart oyi davomida 5,8 foizga qisqardi. Oy davomida faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi.


dayjest

Qonun buzilishi sababli qiymati 14 mlrd so‘mdan ortiq 9 ta davlat xaridi bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jami qiymati 14 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 9 ta davlat xaridi bo‘yicha bayonnomalarni bekor qildirdi. Xususan, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” buyurtmachiligidagi 9,4 mlrd so‘mlik davlat xaridida affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.


Jamiyat

dayjest

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Juma kuni ertalab Qashqadaryoning Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila magnitudasi — 3.


dayjest

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 20−23-aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishi ehtimoli bor.


dayjest

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlaridagina kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat +22…+27, ba’zi joylarda +29 darajagacha bo‘ladi. Poytaxtda esa yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.


dayjest

Fuqarolar Macan konsertiga foydalanilgan chiptalar bilan takror kirishga uringan — Milliy gvardiya

Ijtimoiy tarmoqlarda Macan konserti bo‘lib o‘tayotgan Humo Arena’ga soxta chiptalar sabab odamlar kiritilmayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya holatga izoh berib, ba’zi fuqarolar konsertga avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga uringanini ma’lum qildi.


dayjest

Jizzaxda yuqori tezlikdagi Gentra urib yubogan 2 o‘quvchi vafot etdi

G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida bolalar vafot etdi, shuningdek, mashina urib ketgan qoramol ham nobud bo‘ldi. Surishtiruv davomida haydovchi 4 oyda 11 marotaba qoida buzgani aniqlandi.


dayjest

Toshkentdagi KHAYning bir qismi 7 kunga yopiladi

Juma kunidan 7 kunga Yunusobod tumanidan o‘tgan Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.


dayjest

Fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijda ishlashga tayyorlash markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi. O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi.


dayjest

Toshkentda harbiy marsh bo‘lib o‘tadi

20-aprel kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining tantanali piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar qo‘shiqlarni ijro etayotgan orkestr sadolari ostida poytaxtning asosiy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi (xarita).


dayjest

Farg‘ona viloyatining 4 ta tumanida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi

DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video).


dayjest

Toshkentda o‘quvchilarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi

Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan sinf rahbari voyaga yetmaganlarni qiynoqqa solishda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.


dayjest

Korrupsiya haqida xabar berganlar himoyasini kuchaytiruvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda xabar beruvchining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki himolanishi va boshqa qator kafolatlar aks etgan.


dayjest

Toshkent shahri aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarni nomlashda ovoz berishi mumkin

Toshkent shahri hokimligi aholidan Bektemir tumanidagi 270 dan ortiq ko‘cha, yo‘lak va boshi berk ko‘chalarga nom berish va nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etishni so‘radi. Ovoz berish jarayoni geonom.tashkent.uz saytida 27-aprelga qadar davom etadi.


Madaniyat

dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20−21-aprel)

Yettita kinopremyera, “Teplo” ko‘rgazma-yarmarkasi, poytaxt markazidagi ikkita marafon, “Million” jamoasi konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Toshkentda bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi o‘tkazilmoqda

19−21-aprel kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida bolalar inklyuziyasi mavzusiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qiladi, so‘nggi kuni esa mahorat darslari, o‘yinlar, kitobxonlik o‘tkaziladi.


dayjest

Toshkentda Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tadi

26−28-aprel kunlari Toshkent shahridagi O‘zbekiston Davlat musiqali komediya teatrida Operetta.uz II Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Belarus, Ozarbayjon, Rossiya va Qozog‘iston musiqali teatrlari vakillari ishtirok etadi.


Jahon

dayjest

Isroil dronlar orqali Eronga hujum qildi (video)

Isroil dronlar orqali, Eron rasmiylariga ko‘ra, Isfahon shahri yaqinidagi harbiy havo bazasiga zarba berdi. Hujum paytida portlash ovozlari eshitilgan, hududdagi yadroviy inshootlarga zarar yetmagan. Isroil mudofaa kuchlari bu zarbaga izoh bermadi.


dayjest

AQSh Falastinning BMTga a’zoligi bo‘yicha rezolyutsiyaga veto qo‘ydi

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Falastinning tashkilotga to‘laqonli a’zoligiga oid rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi. Falastin ayni damda BMTda kuzatuvchi davlat maqomiga ega.


dayjest

Apple Xitoy talabiga binoan WhatsApp, Telegram va Signal’ni xitoycha App Store’dan olib tashladi

Xitoy hukumati talabi bilan Apple WhatsApp, Telegram, Signal, Line va Threads messenjerlarini App Store’dan olib tashladi. The Wall Street Journal’ning ta’kidlashicha, ilovalar ularda XXR yetakchisiga nisbatan “shubhali” havolalar borligi sabab o‘chirilgan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!