VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tishi arafasida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida sport vaziri Adham Ikromov ishtirokida jurnalistlar bilan Markaziy Osiyoda o‘tkaziladigan eng yirik xalqaro sport tadbirlaridan biriga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

vi byd тошкент xalqaro marafoni, реклама

21-aprel kuni Toshkent shahri 45 ta davlatdan 6000 ga yaqin havaskor yuguruvchilar hamda professional sportchilarni qabul qiladi. Ketma-ket olti yildirki, Toshkent xalqaro marafoni 720 mln so‘mlik sovrin uchun kurashadigan yaqin xorijiy davlatlarning tezkor va iqtidorli yuguruvchilarini birlashtirib kelmoqda. Shuningdek, marafon tarixida birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida trassa rekordini o‘rnatish uchun qo‘shimcha to‘lovlar taqdim etiladi — marafon masofasi uchun 15 mln so‘m hamda yarim marafon masofasi uchun 10 mln so‘m.

vi byd тошкент xalqaro marafoni, реклама

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni dasturiga to‘rtta masofa — 3 va 10 km ommaviy yugurish musobakasi, 21 km yarim marafon va 42 km marafon masofasi kiritilgan.

20-aprel kuni Yengil atletika federatsiyasi hududida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilarni o‘zida jamlagan 300 tadan ortiq kishi ishtirokidagiKids Run va shimoliy yurish poygalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga imkoniyati cheklangan yuguruvchilar ham qo‘shildi.

vi byd тошкент xalqaro marafoni, реклама

VI Toshkent xalqaro marafonining titul hamkori BYD O‘zbekiston yarim marafon va marafon chempionati dasturi doirasida O‘zbekistonning ilg‘or sportchilarini taqdirlash uchun ikkita avtomobil taqdim etadi.

Marafon tashkilotchilari: Toshkent shahri hokimligi, Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi.

Yengil atletika federatsiyasi sport tadbirining koordinatori sifatida Markaziy Osiyo Yengil atletika assotsiatsiyasi bilan birgalikda oltinchi marta ishtirok etmoqda.

“Toshkent marafonini tashkil etish boshlanishida eng mashxur masofalardan biri 3 km masofaga yugurish edi. Bu ortiqcha cheklovlarsiz, deyarli hamma uchun oson va yetib borish mumkin bo‘lgan masofa. Bugun VI BYD Toshkent xalqaro marafonida 10 km masofadagi slotlar soni 3 km masofaniki bilan deyarli teng. Bu O‘zbekistonda ommaviy sport rivojining ajoyib ko‘rsatkichidir. Yugurish nafaqat zavq bag‘ishlaydi, balki sog‘liq uchun ham foyda keltiradi. Ishtirokchilar qiyinchilikni qabul qiladilar va yanada uzoqroq masofalarni ham muvaffaqiyatli bosib o‘tishadi”, — dedi sport vaziri Adham Ikromov.

vi byd тошкент xalqaro marafoni, реклама

Matbuot anjumanida Toshkent marafoni nafaqat O‘zbekistonda, balki undan tashqarida — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda ham yugurish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi muhim xalqaro maydon ekani alohida ta’kidlandi. Har yili Toshkentga ushbu mamlakatlardan yugurish klublari delegatsiyalari kelib, sport faoliyati va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash borasida sa’y-harakatlar hamjihatligini namoyish etadilar.

Marafon sport musobaqalarining Butunjahon atletika taqvimiga kiritilgan va World Athletics Label rasmiy maqomiga ega. Toshkent xalqaro marafoni trassasi Xalqaro marafonlar va poygalar assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan. Tadbirda xalqaro talablarga muvofiq nufuzli yugurish musobaqasini tashkil etish va o‘tkazishni baholash uchun xorijiy texnik delegat Norriye Villiamson ishtirok etadi. Olimpiya o‘yinlari uchun belgilangan me’yorni ko‘rsatgan sportchilar Parij-2024 o‘yinlariga yo‘llanma oladilar. Marafon xalqaro doping xodimlari ishtirokida antidoping nazoratining qat’iy nazorati ostida o‘tkaziladi.

vi byd тошкент xalqaro marafoni, реклама

Toshkent marafonining korporativ korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi nufuzi tobora ommalashib bormoqda. Marafonda O‘zbekistonning 70 dan ortiq yirik kompaniya va tashkilotlari, NNT va oliy o‘quv yurtlari korporativ jamoa sifatida ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Murad Buildings, Astana Motors, Shayana Farm MCHJ, Pure Milky, TBC, Kapitalbank, Tenge Bank, Ipak Yo‘li Bank, O‘zbekiston Milliy banki, Webster, Amity va Inha universitetlari, “Navoiyazot” AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Zakovat” intellektual klubi va boshqalar shular jumlasidandir.

Sport tadbirini tashkil etishda 200 ga yaqin ko‘ngillilar jalb etilgan.

Marafon kuni ular ochilish va taqdirlash marosimlarida qatnashadilar, trassada tartibni saqlab, poyga davomida ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlaydilar.

Havaskor sport turlari bo‘yicha yetakchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yengil atletika federatsiyasi 42 km masofani olti soatda bosib o‘tgan har bir marafon ishtirokchiga III kattalar sport toifasi berishni taklif qildi. Ushbu taklif barcha ishtirokchilarga, ularning professional sportchi yoki havaskor maqomida ekanidan qat’i nazar, amal qiladi. Ommaviy sport bilan faol shug‘ullanayotgan entuziastlar yugurishni endi boshlayotgan yoshlarga o‘rnak bo‘lib, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga salmoqli hissa qo‘shmoqdalar.

21-aprel kuni xalqaro marafon g‘oliblari bo‘lgan yuguruvchi ayol va erkaklar marafonning birinchi qatoriga chiqadilar, jumladan: Yekaterina Tunguskova, Ilya Tyapkin, Anna Kovalyova, Rinas Axmadeyev, Andrey Petrov, Mariya Korobitskaya, Marina Xmelevskaya, Katerina Vasilchenko, Vinsent Kimutai Boit, Shohrux Davlatov va boshqalar.

VI BYD Tashkent xalqaro marafonining start va finish maydonchasi an’anaviy tarzda Humo Arena maydonida bo‘ladi.

Telefon: (+998) 95−142−01−84.

Facebook: fb.com/tmmarathon
Instagram: @tmmarathon

Na pravax reklamы.

Reklama huquqlari asosida.