Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga yil oxirida tashrif buyuradi
10 avgust 2020, 19:30

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga yil oxirida tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dekabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrif koronavirus pandemiyasi sababli keyinroq muddatga ko‘chirilgan.

O‘zbekiston tolib-mahbuslarning ozod qilinishini olqishladi
10 avgust 2020, 18:52

O‘zbekiston tolib-mahbuslarning ozod qilinishini olqishladi

O‘zbekiston Afg‘oniston Maslahat loya jirg‘asining 400 nafar tolib-mahbusni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlashini ma’lum qildi. Afg‘onlararo muzokaralari shu hafta ichida boshlanishi mumkin.

Sudyalar oliy kengashiga yangi rahbar tayinlandi
10 avgust 2020, 18:28

Sudyalar oliy kengashiga yangi rahbar tayinlandi

Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlangani munosabati bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi
10 avgust 2020, 14:49

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti saylovida erishgan g‘alabasi bilan qutladi.

Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi o‘z vazifasidan ozod etildi
8 avgust 2020, 21:44

Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi o‘z vazifasidan ozod etildi

Baxtiyor Shomurodov Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimini tark etdi. Vaqtinchalik uning vazifasini hokimning birinchi o‘rinbosari Murod Isaboyev bajaradi.

Bosh vazir Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlariga hayfsan berdi
8 avgust 2020, 21:25

Bosh vazir Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlariga hayfsan berdi

Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov, shuningdek uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovga hayfsan berildi. Bosh vazir kam ta’minlangan oilalarga bir martalik moliyaviy yordamni kechiktirgan ayrim mahalla raislarining harakatlarini tanqid qildi.

«Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov» — Abdulaziz Kamilov
7 avgust 2020, 20:19

«Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov» — Abdulaziz Kamilov

Senatning oltinchi yalpi majlisida yarim yillik faoliyati bo‘yicha hisobot bergan tashqi ishlar vaziri, jumladan, pandemiyasi sababli xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlar ekan, bu borada kamchiliklar ham borligini tan oldi. «Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi», — dedi u.

Senat yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qulladi
7 avgust 2020, 16:09

Senat yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qullashdi. Unda, jumladan, odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilandi.

Senat koronavirus qurbonlarining xotirasiga bir daqiqalik sukut saqladi
7 avgust 2020, 11:57

Senat koronavirus qurbonlarining xotirasiga bir daqiqalik sukut saqladi

Senatorlar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Musa Yerniyazov va koronavirusdan vafot etgan boshqa fuqarolarning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.

Elyor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod etildi
7 avgust 2020, 10:14

Elyor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod etildi

Transport vaziri Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi. U Transport vazirligini 2020 yilning yanvar oyidan boshqarib kelayotgan edi.

OTMlarga kirish imtihonlari markaziy stadionlarda o‘tkaziladi
6 avgust 2020, 21:12 1

OTMlarga kirish imtihonlari markaziy stadionlarda o‘tkaziladi

2020/2021 o‘quv yilida OTMlarga kirish imtihonlari Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi stadionlarda kuniga ikki marta — havo salqin vaqtlarda o‘tkazilishi belgilandi.

JB agrosektorni rivojlantirishga ajratgan $500 mln qanday taqsimlanadi?
6 avgust 2020, 20:56

JB agrosektorni rivojlantirishga ajratgan $500 mln qanday taqsimlanadi?

O‘zbekiston Jahon banki qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ajratgan 500 mln dollardan 87 mln dollarini agrosektorda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, 70 mln dollarini esa fitosanitariya va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi agromarkazlarga yo‘naltiradi. Yana 200 mln dollar hududlar o‘rtasida taqsimlanib, kooperativlar va klasterlarni rivojlantirishga sarflanadi.

O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tadi
6 avgust 2020, 18:11

O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

12−13 avgust kunlari yoshlar huquqlarini targ‘ib qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlanadigan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi videokonferensiya shaklida o‘tkaziladi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi taklifiga muvofiq tayyorlangan BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasi loyihasi muhokama qilinadi.

Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi
6 avgust 2020, 15:55

Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi

Ayubxon Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori etib tayinlandi.

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi
6 avgust 2020, 14:18

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi

Tojikiston parlamentining qarori bilan 11 oktyabr mamlakatda prezident saylovlar kuni deb e’lon qilindi.

Toshkent sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi
6 avgust 2020, 13:52

Toshkent sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirbek Isabekov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U boshqarmaga 2019 yilning iyun oyidan rahbarlik qilib kelayotgandi.

Shavkat Mirziyoyev Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi
5 avgust 2020, 15:57

Shavkat Mirziyoyev Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi prezidenti Mishel Aunga Bayrutda yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Poytaxt hududi kengaytiriladi
5 avgust 2020, 15:31

Poytaxt hududi kengaytiriladi

Shahardan Toshkent viloyatiga 1010 ga, viloyatdan poytaxtga 10196 ga yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

«Qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz» — Prezident
5 avgust 2020, 14:16

«Qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz» — Prezident

«Biz karantinni qancha uzoq vaqt davom ettirsak, odamlarni shunchalik qiynab qo‘yamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. U zudlik bilan koronavirus bilan kasallangan barcha bemorlarni qamrab oladigan davolash tizimini yo‘lga qo‘yishni buyurdi.

Prezident vaksina xarid qilish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
4 avgust 2020, 19:20

Prezident vaksina xarid qilish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosariga tez orada vaksina ishlab chiqarishni boshlashi kutilayotgan Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalaridan vaksinani xarid qilish va mamlakat aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting