2020 yilning yanvar oyidan beri transport vaziri sifatida faoliyat olib borgan Elyor Majidovich G‘aniyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga hukumatdagi manba xabar berdi.

Ganiyevning yangi ish joyi va vazir lavozimiga yangi nomzod haqida hozircha xabar berilgani yo‘q.

Elyor G‘aniyev 1997—2002 yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002−2005 yillarda tashqi iqtisodiy faoliyat Agentligi raisi bo‘lib ishlagan.

2006−2010 yillarda u Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri bo‘lgan bo‘lsa, 2005−2006 yillarda tashqi ishlar vaziri bo‘lib faoliyat yuritgan. 2010−2012 yillarda bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri bo‘lib faoliyat yuritgan.

2012−2017 yillarda Elyor G‘aniyev Tashqi iqtisodiy aloqalar, investiya va savdo vaziri bo‘lib faoliyat yuritadi. 2017−2019 yillarda prezident maslahatchisi o‘rinbosari, prezident Apparati ijro sektori rahbari bo‘lgan. 2019−2020 yillarda bosh vazirning investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan.