Prezident Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi poytaxti Beyrut portida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Livan xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi.

Beyrut portida 4 avgust kuni kechqurun portlash sodir bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 100 dan ortiq odam fojia qurboniga aylangan, 4000 dan ortiq kishi jarohatlangan. Livan hukumati portlashning sababi port hududida ammiakli selitraning noto‘g‘ri saqlanganligida deb hisoblamoqda.