Toshkent shahar Sereli tumani hokimi Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tuman ma’muriyati rahbari iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Murod Turg‘unovich Isaboyev vaqtinchalik Sergeli tumani hokimi vazifasini bajaradi.

Baxtiyor Shomurodov 2019 yil sentyabr oyidan Sergeli tumani hokimligini boshqargan va undan oldin Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlagan.