Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirbek Isabekov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga boshqarmada ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Botirbek Isabekov 2019 yilning iyun oyida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi. Unga qadar u Toshkent shahar Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari, «Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tasarrufidagi xo‘jalik hisobidagi tibbiy ko‘rik bo‘limi» DUK direktori, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining umumiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.