O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev Amerika Ovozi`ga bergan intervyusida O‘zbekistonning «Tolibon» guruhi bilan o‘zaro munosabatlarda qo‘ygan shartlari haqida aytib ўтди.

«Albatta, qandaydir bir chiziq bor. Bu chiziq birinchi navbatda «Tolibon»ning qo‘shni mamlakatlarga tahdid qilmasligi, «Tolibon» Afg‘oniston hududida xalqaro terroristik tashkilotlarga o‘rin joy bermasligi va ularga yordam bermasligi — bular asosiy», — deydi Ismatilla Irgashev.

Shuningdek, Irgashev rasmiy Toshkentning shu narsani xohlashini alohida ta’kidlab o‘tdi.