Fuqaro F.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro L.Z.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga belgilangan mablag‘ asosida o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirgan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar bermoqda.

Universitetga kiritib qo‘yish evaziga 15 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval, Shaxrizabzda 21 nafar fuqarolarni texnikumga kiritish uchun har biridan 5 ming AQSH dollari olgan shaxslar aniqlangan edi. Bundan tashqari, ular Qarshi davlat universitetiga ham o‘qishga kiritish va Toshkent shahridan uy olib berishni va’da qilib yana bir fuqarodan 17 ming 500 AQSH dollarini olgani ma’lum bo‘lgan.