1 mart kuni Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ishi bo‘yicha hukm o‘qidi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, u korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.

Sarkozi hukm qilingan muddatdan ikki yilini shartli, bir yilini esa qamoqda o‘tkazadi.

U qamoq muddati e’lon qilingan ilk Fransiya prezidenti bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Sarkozi 2007−2012 yillarda Fransiya prezidenti bo‘lgan. Korrupsiya ayblovlaridan tashqari, u davlat mablag‘larini o‘g‘irlash va noqonuniy ravishda olingan mablag‘larni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

Avvalroq Nikolya Sarkozi ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlangani va sudlanuvchilar orasida Sarkozining advokati Terri Ersog va Kassatsiya sudining sobiq xodimi Jilbert Aziber ham bor ekanligi haqida xabar bergan edik.