26 maydan boshlab Turkiya sayyohlardan mamlakatga kirishda PZR testlarni talab qilmaydi, deya xabar berdi «Interfaks».

Xabarga ko‘ra, bu ma’lumot Rossiya aviakompaniyalariga Turkiya fuqaro aviatsiyasi ma’muriyatidan kelgan. Avvalroq, 1 apreldan boshlab sayyohlarga Turkiyaga kirish uchun testlar kerak bo‘lmasligi haqida xabar berilgan edi.

Hozirda PZR testlar sayohat qilishdan oldin kamida 72 soat oldin bajarilgan bo‘lishi kerak. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar ushbu talabdan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, virusning Buyuk Britaniyada aniqlangan shtammi tarqalishi sababli Turkiya 30 dekabrdan boshlab PZR-testlarni talab qila boshlagan edi.