Baxtiyor Ismoilov Farg‘ona viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tayinlovga qadar Baxtiyor Ismoilov Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

2015−2016 yillarda Bosh prokuratura sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori, 2017−2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.