Internetda 21 mln bepul VPN foydalanuvchilarining ma’lumotlari paydo bo‘ldi. Bu haqda CyberNews nashri ma’lumotlariga asoslanib, «Kommersant’» xabar bermoqda.

Gap Android platformasida xizmat ko‘rsatuvchi Super VPN, Gecko VPN va Chat VPN kabi ilovalar haqida ketmoqda.

Ushbu ma’lumotlar bazasi yashirin forumlarda sotuvga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumotlar bazasi ichida foydalanuvchilarning elektron pochta manzillari, parol va login, shuningdek, qurilmalari, amalga oshirgan to‘lovlari haqida ma’lumotlar mavjud.

Bundan avval 2020 yil iyul oyida ham shunday holat yuz bergan edi. Unda 20 mln VPN foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlangan edi.