«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining ma’lum qilishicha, 28 martdan boshlab Urganch — Istanbul — Urganch va 3 apreldan Farg‘ona — Istanbul — Farg‘ona yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

28 martdan boshlab, yakshanba kunlari:

  • Urganch — Istanbul (uchish — 09:30, qo‘nish — 11:50)
  • Istanbul — Urganch (uchish — 13:20, qo‘nish — 19:05)

3 apreldan boshlab, chorshanba va shanba kunlari:

  • Farg‘ona — Istanbul (uchish — 08:50, qo‘nish — 12:30)
  • Istanbul — Farg‘ona (uchish — 14:00, qo‘nish — 20:50) qatnovlari amalga oshiriladi.