«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev rasman «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehriddin Abdullayev 1969 yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi — iqtisodchi, huquqshunos.

Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston milliy banki va Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Yig‘ilishda klubning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

«O‘zbekneftgaz» endilikda jamoaning bosh homiysi bo‘ladi (bundan oldin «O‘ztransgaz» bo‘lgan).

Klubning oldingi prezidenti Murod Aliyev o‘z lavozimini 2019 yilning yanvarida tark etgan edi.