«Avtoturargohlarni kamaytirib, jamoat transportidan foydalanish jozibadorligini oshiramiz» — Transport vazirligi
20 aprel 2022, 15:14

«Avtoturargohlarni kamaytirib, jamoat transportidan foydalanish jozibadorligini oshiramiz» — Transport vazirligi

Poytaxtda avtoturargohlar sonini qisqartirish va jamoat transporti rivojlanishi uchun ko‘proq sharoit yaratish rejalashtirilayapti, deb ma’lum qildi Transport vazirligi vakili Murod Obidov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda avtoturargohlarni kengaytirish uchun yer yo‘q, ularda avtomobillarni ertalabdan kechgacha saqlab turish esa yer resurslaridan foydalanishning eng samarasiz usuli hisoblanadi.

Soxta aviachipta tayyorlovchilar ushlandi
20 aprel 2022, 14:30

Soxta aviachipta tayyorlovchilar ushlandi

Buxoro viloyatida fuqarolarga qalbaki aviachiptalarni rasmiylashtirgan korxona rahbari va uning sherigi qo‘lga olindi. Yanvar-fevral oylarida ular soxta chiptalarni Buxoro-Domodedovo reysi bo‘yicha 27 nafar fuqaroga sotishgan.

«Yandeks Taksi» kompaniyasiga IT-park rezidenti bo‘lish taklif qilindi
20 aprel 2022, 13:54

«Yandeks Taksi» kompaniyasiga IT-park rezidenti bo‘lish taklif qilindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Yandeks taksi» kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kirill Svinsov bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda kompaniyaga O‘zbekiston IT-parkining rezidenti maqomini olishni taklif qildi.

AQSh O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlariga 50 dona Toyota Hilux va Fortuner avtomobillarini topshirdi
20 aprel 2022, 13:29

AQSh O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlariga 50 dona Toyota Hilux va Fortuner avtomobillarini topshirdi

AQSh O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlariga qiymati 2,5 mln dollarlik 50 dona Toyota Hilux va Fortuner avtomobillarini topshirdi. Avtomashinalar Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida taqdim etildi.

Prezident 21−22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi
20 aprel 2022, 12:17

Prezident 21−22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21−22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi.

AKT vazirligi Microsoft kompaniyasiga O‘zbekistonda ofis ochishni taklif qildi
20 aprel 2022, 10:53

AKT vazirligi Microsoft kompaniyasiga O‘zbekistonda ofis ochishni taklif qildi

Microsoft bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn uchrashuvda AKT vazirligi kompaniyaga O‘zbekistonda ofis ochishni taklif qildi.

Kichik tadbirkorlar uchun yillik 14 foiz stavkada 5 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi
20 aprel 2022, 10:32

Kichik tadbirkorlar uchun yillik 14 foiz stavkada 5 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi

Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun banklarga 300 mln dollar ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi. Mablag‘larining kamida 70 foizi shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi. Kreditlar yillik 14 foiz stavkada, 5 mlrd so‘mgacha miqdorda ajratiladi.

SSV sher bolasi tishlab olgan bolaning ahvoli haqida ma’lumot berdi
20 aprel 2022, 10:02

SSV sher bolasi tishlab olgan bolaning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi sher bolasi tishlab olgan bolaning ahvoli qoniqarli ekani, u poytaxtdagi 2-bolalar poliklinikasida davolanayotganini ma’lum qildi. Bolaning ahvolini travmatologiya va neyroxirurgiya bo‘limi mudiri hamda O‘zbekiston bosh rabiologi nazorat qilmoqda.

Utkirjon Qodirov Qashqadaryo hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
20 aprel 2022, 09:50

Utkirjon Qodirov Qashqadaryo hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Utkirjon Qodirov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Baxrom Yusupovning o‘rnini egalladi.

Nukusda DXSH asosidagi ilk dializ markazi ish boshladi
20 aprel 2022, 09:46

Nukusda DXSH asosidagi ilk dializ markazi ish boshladi

Nukusda O‘zbekistondagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi asosida ilk dializ markazi ish boshladi.May oyidan Urganch va Bog‘ot tumanida ham shunday klinikalar ish boshlaydi, yil oxirigacha esa Toshkentda eng yirik klinika ishga tushadi.

Kobuldagi ikkita maktabda sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi
20 aprel 2022, 09:26

Kobuldagi ikkita maktabda sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi

Kobuldagi ikkita maktabda ro‘y bergan uchta portlash natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohatlandi. BMT hujumni qoraladi, tashkilotchilar hozircha o‘zlarini e’lon qilmadi.

19 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 aprel 2022, 22:00

19 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ayrim hokim yordamchilarining ta’magirligi haqida gapirgan Shavkat Mirziyoyev, o‘quvchi qizlarga tegajog‘likda gumonlanayotgan maktab psixologi, Afg‘oniston bilan chegarada vaziyat barqarorligini aytgan Sherzod Asadov, auksionga qo‘yilgan AKT vazirligi binosi, Ortiqxo‘jayevni qat’iy ogohlantirgan prezident va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 19 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqmasa, jarimani kim to‘laydi?
19 aprel 2022, 21:04

Yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqmasa, jarimani kim to‘laydi?

Old o‘rindiqda xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimani yo‘lovchining o‘zi to‘laydi, deya ma’lum qildi IIV. Jarima miqdori BHMning yarmini (135 ming so‘m) tashkil qiladi. Biroq, MJTKga hali yo‘lovchilar javobgarligi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmagan.

Yil yakuniga qadar mahallalarda bo‘sh bino qolishi kerak emas — prezident
19 aprel 2022, 19:24

Yil yakuniga qadar mahallalarda bo‘sh bino qolishi kerak emas — prezident

Mahallalardagi hokim yordamchilari mamlakat bo‘yicha 5 mingga yaqin bo‘sh bino borligini aniqladi. Shavkat Mirziyoyev bo‘sh bino-inshootlarni sotish, ijaraga berishdan tushgan mablag‘larni ushbu mahallaning infratuzilmasini rivojlantirishga sarflashni buyurdi. «Yil yakuniga qadar bo‘sh bino qolishi kerak emas», — dedi u.

«Ayrim hokim yordamchilari ta’magirlik qilayotgani juda achinarli holat» — Shavkat Mirziyoyev
19 aprel 2022, 18:42

«Ayrim hokim yordamchilari ta’magirlik qilayotgani juda achinarli holat» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident To‘raqo‘rg‘on tumani «Sharq» mahallasidagi hokim yordamchisi pora olgani uchun 5 yilga qamalganini ma’lum qildi. «Joylardagi ayrim hokim yordamchilari „kredit, subsidiya, yer olib beraman“, deb ta’magirlik qilayotgani ham juda achinarli holat», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari qat’iy ogohlantirildi.

«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
19 aprel 2022, 18:29

«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev o‘zining o‘rinbosarlari faoliyatini tanqid qildi. Uning iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Mart oyida Toshkentdagi uy-joylarning ijara narxlari 15 foizga oshdi
19 aprel 2022, 17:54

Mart oyida Toshkentdagi uy-joylarning ijara narxlari 15 foizga oshdi

Rossiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi bir yarim oyda O‘zbekistonga 5 mingdan ortiq rossiyaliklar tashrif buyurgan. Natijada fevral oyining oxiridan mart oyining o‘rtalariga qadar Toshkentda kvartira ijarasining o‘rtacha narxi 15 foizga oshgan. Respublikada so‘nggi uch oyda ijara haqi 0,9 foizga, ya’ni 2021 yilning mos davriga nisbatan ikki baravarga qimmatlashgan.

Furqat tumanida fuqaro o‘z tomorqasida ko‘knori yetishtirayotganligi aniqlandi
19 aprel 2022, 17:42

Furqat tumanida fuqaro o‘z tomorqasida ko‘knori yetishtirayotganligi aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli yer maydonida 6 tup ko‘knori yetishtirayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda 410 mingdan ko‘proq xonadonda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yashaydi
19 aprel 2022, 17:31

O‘zbekistonda 410 mingdan ko‘proq xonadonda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yashaydi

Mahallalardagi hokim yordamchilari 35,3 mln aholi istiqomat qiladigan 6,9 mln xonadonni to‘liq xatlovdan o‘tkazdi. Natijada xonadonlarning 47 foizida qo‘shimcha daromadga ehtiyoji bor, 36 foizida o‘ziga to‘q, 11 foizida kam daromadli va 6 foizida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yashashi ma’lum bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi
19 aprel 2022, 17:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,65 so‘mga arzonlab, 11 259,37 so‘mni tashkil etdi. Yevro va rubl kurslari ham pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting