Prezident Shavkat Mirziyoyev 21−22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

«Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha yangi vazifalarni belgilash rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.