Buxoro viloyatida fuqarolarga soxta aviachipta rasmiylashtirgan korxona rahbari va uning sherigi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, muqaddam firibgarlik uchun ikki marta sudlangan N. M. fuqaro I. G. bilan kelishuv tuzib, yanvar-fevral oylarida 27 nafar fuqaroga «Buxoro-Domodedovo» reysi uchun jami 52,7 mln so‘mlik qalbaki chiptalar sotgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari ketmoqda.