Qashqadaryo viloyat hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Utkirjon Qodirov tayinlandi, deb xabar berdi hokimiyat matbuot xizmati.
U mazkur lavozimda Baxrom Yusupovning o‘rnini egalladi.
Utkirjon Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.
U mazkur tayinlovga qadar Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq, Alisher Qodirov Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida yozgandik.