Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi
9 avgust 2022, 15:45 12

Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekistonda 149 ta kollejga kirish uchun 59 460 ta️, 194 ta texnikum uchun 80 178 ta kvota ajratildi. Hujjatlar ️kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Hujjat qabuli esa 15 avgustga qadar uzaytirildi.

O‘zbekiston tarixda ilk bor shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
9 avgust 2022, 14:38

O‘zbekiston tarixda ilk bor shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda Jahongir Vohidov raqibini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga Olimpiadaning ilk oltin medalini keltirdi.

Toshkentning Muqimiy ko‘chasidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi
9 avgust 2022, 14:24

Toshkentning Muqimiy ko‘chasidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in kelib chiqdi. Uni o‘chirishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Olov 12:50 da o‘chirildi, binoning 900 kv.m. maydoni zararlangani aytilmoqda.

Interpol xalqaro qidiruvdagi chet ellik fuqaroni qo‘lga oldi
9 avgust 2022, 13:14

Interpol xalqaro qidiruvdagi chet ellik fuqaroni qo‘lga oldi

Interpol byurosi Qirg‘izistonda rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan shaxsni O‘zbekistonda ushladi. Bosh prokuratura ekstraditsiya qilish masalasini ko‘ryapti.

Mobil-ID tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi
9 avgust 2022, 12:37

Mobil-ID tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi

Shaxsni identifikatsiyalash uchun sinov tarzida Mobil-ID tizimi ishga tushirildi. Ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.

5 yil ish stajiga ega fuqarolarni OTMga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
9 avgust 2022, 11:09

5 yil ish stajiga ega fuqarolarni OTMga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

86 ta vazirlik va tashkilotlarga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ishlagan fuqarolarni OTMlarga suhbat asosida kiritish uchun tavsiya qilish huquqi berilmoqda. Bunda abituriyent «superkontrakt» asosida o‘qiydi va ularni ro‘yxatga olish 8−22 avgust oralig‘ida DTM sayti orqali amalga oshiriladi.

Uzauto Motors aksiyalari fond bozorida listingdan o‘tdi
9 avgust 2022, 10:28

Uzauto Motors aksiyalari fond bozorida listingdan o‘tdi

Uzauto Motors oddiy aksiyalari «Toshkent» fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritildi. Kompaniya aksiyalarini fond bozorida keng ommaga taklif etish jarayonlari 2022 yilning IV choragidan boshlanadi.

Toshkentda ekologik reydga start berildi
9 avgust 2022, 09:45

Toshkentda ekologik reydga start berildi

9 avgust kunidan boshlab Toshkent shahrida ekologik reyd o‘tkazilmoqda. Ekologiya, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlaridan iborat Ekopatrul inspektorlari tuzildi, ular hududlarga bo‘linib, yo‘nalishlar kesimida butun shaharni o‘rganib chiqadi.

Yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligi hukumat qarori bilan tasdiqlab qo‘yiladi — XTV
9 avgust 2022, 09:15

Yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligi hukumat qarori bilan tasdiqlab qo‘yiladi — XTV

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov joriy o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligi haqidagi bayonoti to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi. «Bu qonuniy tusga ega bo‘lib, hujjatda ham aks etadi», — dedi u.

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etmoqda. Sabablar
8 avgust 2022, 23:22

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etmoqda. Sabablar

Iyul oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shu bilan birga, respondentlar orasida yoqilg‘i narxining oshishi va valyuta kursining o‘zgarishini inflyatsiyaning asosiy omillari deb hisoblovchilar ulushi keskin oshgan.

Daraxt voqeasidan so‘ng Chilonzor hokimi ishdan bo‘shatildi, poytaxt hokimi esa hayfsan oldi
8 avgust 2022, 23:00

Daraxt voqeasidan so‘ng Chilonzor hokimi ishdan bo‘shatildi, poytaxt hokimi esa hayfsan oldi

Toshkentda 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani uchun prezident topshirig‘iga asosan Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov va prokurori Izzat Bozorov ishdan bo‘shatildi. Qolaversa, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va prokurori Ulug‘bek Qosimovga qattiq hayfsan berildi.

8 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 avgust 2022, 22:00

8 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda o‘tadigan 2026 yilgi shaxmat olimpiadasi, Farg‘onada kesib ketilgan 87 tup daraxt, 1-kundanoq testda telefondan foydalangan abituriyent, piyodani urib yuborgan Nishon tumani hokimining 1-o‘rinbosari, xususiylashadigan Paynet, iliq kunlar va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida Hindiston-2 bilan durang o‘ynadi va peshqadamlikni saqlab qoldi
8 avgust 2022, 21:00

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida Hindiston-2 bilan durang o‘ynadi va peshqadamlikni saqlab qoldi

Shaxmat Olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston Hindiston-2 bilan durang o‘ynab, musobaqa tugashiga bir tur qolganda turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorov Gukesh Dommarajudan o‘yin oxirida g‘alabani tortib olib, raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi.

«O‘g‘rilikni ochishga vazirlikning o‘zi tashabbus ko‘rsatgan». XTV — Andijon XTB boshlig‘i hibsga olinishi haqida
8 avgust 2022, 20:02

«O‘g‘rilikni ochishga vazirlikning o‘zi tashabbus ko‘rsatgan». XTV — Andijon XTB boshlig‘i hibsga olinishi haqida

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov hamda viloyat XTB boshlig‘i Azizbek Mirkomilov 48,5 mlrd so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirganiga oid jinoyat ishini ochishda Xalq ta’limi vazirligi tashabbus ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi. Tergov yakunlanib, ish sudga oshirildi, dedi vazir o‘rinbosari Temur Komilov.

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi
8 avgust 2022, 18:51

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

Nur-Sultonda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

Gaz hisoblagichlarni o‘rnatishni oktabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda
8 avgust 2022, 18:24

Gaz hisoblagichlarni o‘rnatishni oktabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda

Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lmagan 11,5 mingta ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga o‘rnatiladi.

MB iste’molchilar huquqlarini buzgani uchun 13 ta bankning 100 dan ortiq xodimini jazoladi
8 avgust 2022, 18:17

MB iste’molchilar huquqlarini buzgani uchun 13 ta bankning 100 dan ortiq xodimini jazoladi

Markaziy bank iste’molchi huquqlarini buzgani uchun 13 ta bankka ko‘rsatma berdi va 101 nafar bank xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘lladi.

Buxoro viloyatidagi yana beshta maktab ichimlik suvi bilan ta’minlandi
8 avgust 2022, 17:47

Buxoro viloyatidagi yana beshta maktab ichimlik suvi bilan ta’minlandi

«Zamin» fondi tomonidan Buxoro viloyatidagi yana beshta umumta’lim maktabi ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Buxoro viloyatining Peshku va Jondor tumanlarida maktablar joylashgan hududdagi aholi ham suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston MDHda yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi
8 avgust 2022, 17:40

O‘zbekiston MDHda yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi

Ukrainadagi mojarolar ortidan sanksiyalar ostida qolgan Rossiyada yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi yil boshidan beri keskin tushib ketdi. Buning natijasida O‘zbekiston mashina ishlab chiqarishda MDH mamlakatlari orasida yetakchiga aylandi, deya qayd etdi «PromReyting» tadqiqotchilari.

Toshkentdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
8 avgust 2022, 16:36

Toshkentdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Mirobod tumanida 7 avgust kuni ikki avtomobil to‘qnashib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting