«Elektron hukumat» tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli — Mobil-ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi. Bu xaqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) xabar qildi.

Endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.

Faqat buning uchun smartfonga my.gov.uz mobil ilovasini yuklab olish talab etiladi.

Mobil-ID tizimi «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, tizim prezidentning 20 apreldagi [PF-113-son] farmoniga muvofiq joriy etilmoqda.