Interpolning O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari tezkor tadbirlarda Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvga berilgan chet ellik fuqaroni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

U rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan. Jinoyat harakatlarining og‘irligini hisobga olib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Interpol MMB xodimlari fuqaroni Qirg‘izistonga keyingi jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstarditsiya qilinishidan oldin hibsga oldi. Hozirda Bosh prokuratura uni Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilish masalasini ko‘ryapti.