7 avgust, yakshanba kuni taxminan soat 20:30 larda Mirobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi va Badaxshon ko‘chasi chorrahasida ikkita yengil avtomobil to‘qnashib ketdi — M.O. (1964 y.t.) boshqaruvidagi Spark va A.Q. (1997 y.t.) boshqaruvidagi Lacetti, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

To‘qnashuv natijasida Spark yo‘lovchilari voyaga yetmagan M.M. (2017 y.t.), M.O. (1968 y.t.), va Lacetti haydovchisi A.Q.lar tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Spark haydovchisi M.O. va yo‘lovchisi D.E. (1959 y.t.) lar olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.