Xitoylik investorlar Xorazmda paxtani qayta ishlab undan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochish rejasini ma’lum qildi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali 8550 AQSH dollarini yashirincha olib chiqayotgan shaxs to‘xtatildi.
Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini amerikalik Maykl Foksga qarshi o‘tkazadi.
Dunyodagi eng ulkan Stratolaunch samolyoti Kaliforniyada ilk parvozini amalga oshirdi. Koinotga raketalar tashishga mo‘ljallangan samolyot havoda 2,5 soat davomida parvoz qildi.
Qamoq muddati axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan Islombek To‘laganov jazoning qolgan qismini Probatsiya xizmati nazorati ostida o‘taydi.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘istonning savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm sohalaridagi hamkorligi hamda mintaqada xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovini ishga tushirildi.
2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 39,5 foiz, ya’ni 1 ming 282 taga kamaydi.
Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi.
«O‘zbekneftgaz» 2020 yildan ayrim kompaniyalarga gaz uzatishni to‘xtatish uchun ularga muqobil yoqilg‘iga o‘tishni taklif qilmoqda. Issiqxona xo‘jaliklari egalari bunday taklifning salbiy oqibatlari haqida ma’lum qildi.
Yosh aktyorlar Londonda Xalqaro teatr simpoziumi doirasida o‘zbek tilidagi «Hamlet"ni ijro etadi.
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Tailandda o‘tkazilgan jiu-jitsu bo‘yicha talabalar o‘rtasida jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bankdan olgan kreditini vaqtida to‘lamagan gulistonlik fuqaro qarzini undirish uchun kelgan MIB xodimini kaltakladi.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» to‘rtinchi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ldi. U Everettedagi Boeing zavodidan Toshkentga yetib keldi.
1 iyuldan dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat tomonidan xarid qilishda milliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lganda, import mahsulotlarni yetkazib berish takliflari rad etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«O‘zbekenergo» raisi Ulug‘bek Mustafoyev «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi bo‘ldi. Dadajon Isaqulov «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», Ruslan Mubarakshin esa «Issiqlik elektr stansiyalari» rahbari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting