Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov xitoylik investorlar Jang Jianli va Meng Junfeng bilan uchrashdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida investorlar paxtani qayta ishlab undan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochish istagini hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z rejalari aytib o‘tishdi.

Mehmonlarga viloyatning sarmoyaviy salohiyati, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, bojxona va soliq imtiyozlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.