O‘zbekiston va Qozog‘iston mamlakatlarini bog‘lovchi yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovi ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy saytida xabar berildi.

Reyslar har kuni soat 18:00 da «Oltin O‘rda» avtovokzalidan «Samarqand» avtovokzaligacha qatnaydi.Chimkent, Guliston va Jizzax shaharlarida to‘xtash joylari bor.

Marshrutni ochish O‘zbekiston va Qozog‘istonga sayohatchilar oqimini oshishiga yordam beradi, deyiladi xabarda.