Rio olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi. 11 may kuni o‘tadigan boks oqshomida Fazliddin amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o‘tishi belgilangan. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Yodingizda bo‘lsa, Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta’kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.

«Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman», — dedi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.