Amerikaning Stratolaunch Systems kompaniyasi shanba kuni dunyodagi eng ulkan Stratolaunch samolyotining ilk sinov parvozini amalga oshirdi. Havo kemasining ilk parvozi Kaliforniyaning (AQSH) Moxave sahrosi ustida bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi kompaniya sayti.

Samolyot eng yuqori 304 km/s tezlikda 5 kilometr balandlikka ko‘tarildi. 2,5 soat davom etgan parvoz vaqtida uchuvchilar samolyotning uchish-texnik xususiyatlari va uning boshqaruvchanligiga baho berdi.

Stratolaunch orbitaga sun’iy yo‘ldoshlarni olib chiqish uchun mo‘ljallangan tashuvchi raketalarni uchirishga xizmat qiladi.

Stratolaunch Systems — 2011 yilda Microsoft asoschilaridan biri Pol Aplen tomonidan tashkil etilgan aerokosmik kompaniya bo‘lib, yuklarni koinotga olib chiqish uchun aviatsion-kosmik tizimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan.