Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi.

Oliy ta’lim tizimida Islom taraqqiyot banki investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan «Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash» loyihasi ish faoliyatini boshladi.

Loyihaning umumiy qiymati 60,5 mln. AQSH dollari miqdorida bo‘lib, bunda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari 47,72 mln. AQSH dollari va O‘zbekiston Respublikasi ulushi 12,81 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta OTMni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlashdan iborat.