«Umid» jamg‘armasi bitiruvchilari anjumani o‘tkaziladi
4 dekabr 2019, 13:51

«Umid» jamg‘armasi bitiruvchilari anjumani o‘tkaziladi

Toshkentda «Umid» jamg‘armasi bitiruvchilarining birinchi xalqaro anjumani o‘tkaziladi. Ular mamlakatni demokratlashtirish, ta’lim, sarmoyaviy iqlim va boshqa masalalarni muhokama qiladi. So‘ngra takliflar tegishli davlat organlariga taqdim etiladi.

Toshkent viloyatidagi gaz quyish stansiyalarida 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilindi
4 dekabr 2019, 12:00

Toshkent viloyatidagi gaz quyish stansiyalarida 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilindi

Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida gaz hisoblash uskunalariga ta’sir ko‘rsatish orqali 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilingani aniqlandi.

Isitish uchun hisob-kitoblarning yangi tizimiga o‘tiladi
4 dekabr 2019, 10:24

Isitish uchun hisob-kitoblarning yangi tizimiga o‘tiladi

Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 2019−2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkaziladi.

Ohangaron tumanida piyodani urib yuborgan haydovchi qidirilmoqda
4 dekabr 2019, 09:51

Ohangaron tumanida piyodani urib yuborgan haydovchi qidirilmoqda

«Toshkent-Olmaliq» yo‘lida urib yuborilgan piyoda vafot etdi, haydovchi qidirilmoqda. Avvalroq Jizzax viloyatida yo‘lda yotgan ayolni mashinalar bosib ketgan edi.

Jizzax viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
4 dekabr 2019, 09:34

Jizzax viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Ertalab Jizzax viloyatida kichik zilzila sodir bo‘ldi. Yerosti silkinishlari Jizzax, Samarqand va Gulistonda sezildi.

Humo terminallari Mastercard orqali to‘lovlarni qabul qilishni boshladi
3 dekabr 2019, 19:37

Humo terminallari Mastercard orqali to‘lovlarni qabul qilishni boshladi

Dekabrdan Mastercard kartalari egalari Humo terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Viloyatlardagi ayrim YPX va PPX postlari vaqtincha qayta tiklanmoqda
3 dekabr 2019, 18:49

Viloyatlardagi ayrim YPX va PPX postlari vaqtincha qayta tiklanmoqda

Chegara hududlardagi avvalroq tugatilgan YPX va PPX postlari faoliyati qaytadan tiklanmoqda. IIV buning bayramlar va saylov davridagi vaqtinchalik chora ekanini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Rustam Emomalini qabul qildi
3 dekabr 2019, 17:50

Shavkat Mirziyoyev Rustam Emomalini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Dushanbe raisi Rustam Emomali shaharni boshqarish va infratuzilmalarni rivojlantirish sohasida tajriba almashish to‘g‘risidagi muloqotni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.

Marg‘ilon hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z joniga qasd qildi
3 dekabr 2019, 13:44

Marg‘ilon hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z joniga qasd qildi

Marg‘ilon hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Elyor To‘xtamatov o‘z uyining yerto‘lasida osilgan holda topildi, deya xabar qildi Bosh prokuratura.

O‘zbekiston janubida zilzila sezildi
3 dekabr 2019, 12:22

O‘zbekiston janubida zilzila sezildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila Samarqand, Qarshi va Termizda ham sezildi.

Prezident volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
3 dekabr 2019, 11:02

Prezident volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident tomonidan imzolangan qonunga asosan volontyorlik tashkiloti orqali volontyorlik faoliyatini olib borish mumkinligi belgilandi.

Oqqush jasadi bilan rasmga tushgan erkak qidirilmoqda
3 dekabr 2019, 10:13

Oqqush jasadi bilan rasmga tushgan erkak qidirilmoqda

Qizil kitobga kiritilgan vishildoq oqqush jasadi bilan suratga tushgan erkak qidirilmoqda.

O‘zA agentligining vazifalari yangilandi
3 dekabr 2019, 10:00

O‘zA agentligining vazifalari yangilandi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) vazifalari yangilandi. Agentlik huzurida Maslahat kengashi tashkil etiladi va mediamarkaz ochiladi.

Turli hududlarda yashovchi aholi gaz va chiroq yo‘qligi uchun yo‘llarni to‘sib qo‘ymoqda
3 dekabr 2019, 09:18

Turli hududlarda yashovchi aholi gaz va chiroq yo‘qligi uchun yo‘llarni to‘sib qo‘ymoqda

Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda aholi gaz va elektr energiyasi yo‘qligi sababli yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.

«Milliy bank» aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi
2 dekabr 2019, 18:26

«Milliy bank» aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi

«Milliy bank» unitar korxonadan aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari sotiladi.

Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmalarini e’lon qildi
2 dekabr 2019, 17:55

Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmalarini e’lon qildi

Uzbekistan Airways 31-dekabrdan 2-yanvargacha muddatda ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmalarini e’lon qildi.

Hafta oxirida ob-havoning sovishi kutilmoqda
2 dekabr 2019, 16:10

Hafta oxirida ob-havoning sovishi kutilmoqda

Dam olish kunlarida haroratning sovishi kutilmoqda, havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati + 7… + 12 darajagacha tushadi.

Iroq bosh vaziri iste’foga chiqdi
2 dekabr 2019, 15:53

Iroq bosh vaziri iste’foga chiqdi

Hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar ortidan Iroq bosh vaziri Adel Abdel Maxdi o‘z iste’fosini so‘radi. Parlament uning iste’fosiga ruxsat berdi.

Namanganda poyezd bir erkakni bosib ketdi
2 dekabr 2019, 15:04

Namanganda poyezd bir erkakni bosib ketdi

Namangan viloyatining Pop tumanida yuk poyezdi 82 yoshli erkakni bosib ketdi.

16 kishilik oilaning is gazidan zaharlanishi yuzasidan ikki xil rasmiy bayonot berildi
2 dekabr 2019, 14:55

16 kishilik oilaning is gazidan zaharlanishi yuzasidan ikki xil rasmiy bayonot berildi

Bosh prokuratura va «Hududgazta’minot» Qibrayda 16 kishilik oilaning is gazidan zaharlangani yuzasidan ikki xil bayonot berdi. «Hududgazta’minot» oila a’zolari aslida ovqatdan zaharlanganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting