3 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11: 06da O‘zbekistonning janubida zilzila sezildi, uning o‘chog‘i Afg‘oniston hududida joylashgan, deya xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmoprognostik monitoring markazi.

Zilzila kuchi 5,2 balni tashkil etdi, o‘choq chuqurligi — 100 km. Toshkentdan zilzila o‘chog‘igacha masofa janubiy yo‘nalishda 542 km.

Yer osti silkinishlari kuchi Samarqand (epitsentrdan 323 km) va Qarshida (252 km) 2 ball, Termizda (66 km) 3 ballni tashkil etdi.