3−4 yanvar kunlari Toshkentda «Umid» jamg‘armasi stipendiya dasturlari bitiruvchilarining birinchi xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbir mavzusi — «Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari», deya xabar qildi «El yurt umidi» jamg‘armasi «Gazeta.uz»ga.

Anjumanda 300 nafardan ziyod kishining, jumladan ayni vaqtda xorijda yashayotgan 120 dan ortik ishtirokchining qatnashishi kutilmoqda. Fooumning mamlakatni demokratik yangilash, ta’lim, sarmoyaviy iqlimni yaxshilash, innovatsion rivojlanish va qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan beshta seksiyada o‘tkaziladi.

Anjuman ishtirokchilari ilgari surgan takliflar davlat organlariga taqdim etiladi, deyiladi xabarda.

Tadbirlarda nafaqat «Umid» jamg‘armasi bitiruvchilari, balki o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishni xohlagan boshqa vatandoshlar ham ishtirok etishlari mumkin. Tashkilotchilar yashash, ovqatlanish va transport xizmatlari xarajatlari qoplaydi.

«Umid» jamg‘armasi 1997−2003 yillarda 828 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis, jumladan 363 (44%) bakalavr va 465 (56%) magistrning xorijda o‘qishini moliyalashtirdi. Stipendiatlar AQSH (343 kishi), Buyuk Britaniya (329 kishi), Germaniya (84 kishi), Fransiya (33), Yaponiya (20), Kanada (11) hamda Italiyadagi (8) OTM va ilmiy markazlarda tahsil oldi.

2018 yil sentyabrida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xuddi shunday maqsadlarda «El yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etildi. O‘tgan yili to‘rtta ta’lim dasturi orqali 381 kishi xorijga yuborildi. 2019 yilda ular soni 600 kishidan ortsa, 2020 yilda 1000 kishini tashkil etadi.