Milliy banklararo protsessing mrakazi (MBPM) va Mastercard xalqaro to‘lov tizimi 3 dekabr kuni Humo tizimida Mastercard xalqaro kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish ishga tushirilgani haqida e’lon qildi. Bu haqda MBPM matbuot markazi «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Endilikda Mastercard kartalari egalari butun mamlakat bo‘ylab tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatadigan terminallar orqali amalga oshirishlari mumkin.

«Bulutli yangilanish tufayli funksionalni ishga tushirish uchun bankka borib o‘tirishning hojati yo‘q: HUMO terminallari Mastercard to‘lovlarini qabul qilish uchun tayyor», — dedi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Bugungi kunda Mastercard egalari butun O‘zbekiston bo‘ylab 170 mingdan ortiq terminallar orqali mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshira oladilar. Komissiya miqdori sotuvchilar uchun jami to‘lovning 1 foizi, karta egalari uchun esa 1,5 foizni tashkil etadi.

Avvalroq Mastercard kartalarini qabul qiluvchi 800 dan ortiq bankomatlar foydalanishga topshirilgani xabar qilingan edi.