Marg‘ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha sobiq birinchi o‘rinbosari Elyor To‘xtamatov o‘lik holda topildi. Bu haqda «Gazeta.uz» O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Farg‘ona shahar IIBga tayanib xabar qildi.

Hodisa to‘g‘risidagi xabar 30 noyabr kuni taxminan 11:00 da kelib tushgan. Elyor To‘xtamatov (1984 y. t.) o‘zining Farg‘onadagi uyining yerto‘lasida osilgan holda topilgan.

Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Elyor To‘xtamatov 2018 yil 20 avgustda Marg‘ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2019 yil 2 aprel kunio‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.