4 dekabr kuni soat 5:35 da O‘zbekiston hududida kichik zilzila ro‘y berdi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmoprognostik monitoring markazi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Toshkentdan 191 km janubda Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlari chegarasida joylashgan. Zilzila kuchi epitsentrida 4,5 balni tashkil etib, chuqurligi — 18 km.

Yerosti silkinishlari Jizzaxda (epitsentrdan 37 km), Samarqandda (91 km) va Gulistonda (100 km) 2 ballni tashkil etdi.