Uzbekistan Airways 2019-yilning 31-dekabridan 2020-yilning 2-yanvariga qadar Yangi yil bayrami nishonlanadigan muddatga respublika ichidagi aviaqatnomlar uchun chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda tashuvchi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Chegirmalar ham O‘zbekiston fuqarolariga, ham chet el fuqarolariga taqdim etiladi. Buning uchun aviachiptalar mamlakat hududida sotib olinishi lozim.

Bayram chegirmalari quyidagi shaxslarga taqdim etiladi:

  • Yakka yo‘lovchilarga — 30%;
  • Sayyohlik guruhlari (besh kishidan boshlab), maktab o‘quvchilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, DSQ, DBQ va boshqa idoralar tizimidagi maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari va tinglovchilariga — 40%;
  • Oilalarga (ikki kishidan boshlab — er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; ota yoki ona 18 yoshgacha farzandlari bilan) — 50%;
  • Pensionerlar va nogironligi bo‘lgan insonlar — 50%;
  • 1941−1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yishllarida orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar — 50%;
  • Chernobil AES falokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslar — 50%.

Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways savdo shoxobchalaridan chegirma olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda sotib olish mumkin.