2 dekabr kuni taxminan 05:50da 1230-sonli yuk poyezdi Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi «Qo‘shminor-Pop» temir yo‘l oralig‘ining 115- km 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 82 yoshli T.M.ni urib yuborgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, natijada T.M. hodisa joyida vafot etgan.

Yuk poyezdi soat 05−50 da to‘xtab, soat 06−37 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketgan. Hozirda hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.