OPEK+ qaroridan so‘ng neft 67 dollargacha qimmatladi
5 mart 2021, 12:43

OPEK+ qaroridan so‘ng neft 67 dollargacha qimmatladi

OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish bo‘yicha cheklovlarni aprel oyigacha cho‘zishini ma’lum qilgach, neft narxi barrel uchun 67 dollargacha ko‘tarildi.

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
5 mart 2021, 12:00

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi 8 martdan boshlab Aktaudan Urganchgacha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni boshlaydi.

Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
5 mart 2021, 11:26

Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga kundalik reyslar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Davlat bojxona qo‘mitasida Situatsion markaz ishga tushirildi
5 mart 2021, 11:23

Davlat bojxona qo‘mitasida Situatsion markaz ishga tushirildi

Davlat bojxona qo‘mitasida real vaqt rejimida chegara bojxona postlari faoliyatini, shu jumladan aeroportlarni monitoring qilish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ulannadigan Situatsion markaz ish boshladi,

Prezident IHT davlatlari karantin davrida o‘rnatgan cheklovlarni bekor qilishni taklif etdi
5 mart 2021, 03:05

Prezident IHT davlatlari karantin davrida o‘rnatgan cheklovlarni bekor qilishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etib, unda 8 ta taklifni bildirdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar karantin davrida o‘rnatgan cheklovni bekor qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida mablag‘lar, tovarlar va xizmatlar erkin aylanishini ta’minlash shular jumlasidan.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 mart 2021, 21:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Noma’lum shaxslarning Qirg‘iziston prezidentining Facebook-sahifasiga buzib kirishgani, Eronning AQSH sanksiyalaridan ko‘rgan zarari 200 mlrd dollarga baholangani, jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining to‘qqiz oy davomida ko‘tarilib borishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

OAV xodimlarining davlat idoralari tomonidan mukofotlanishiga qarshiman — Akmal Burxonov
4 mart 2021, 17:18

OAV xodimlarining davlat idoralari tomonidan mukofotlanishiga qarshiman — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qashi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov OAV xodimlarining davlat tomonidan mukofotlanishiga qarshi ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda bloger yoki OAV biror jarayonni yoritganida unga pul to‘langan yoki yo‘qligini bilib bo‘lmasligini ham ta’kidladi.

Freedom House erkinlik reytingida O‘zbekiston 11 ballni qo‘lga kiritdi
4 mart 2021, 17:15

Freedom House erkinlik reytingida O‘zbekiston 11 ballni qo‘lga kiritdi

Yangilangan Freedom House erkinlik reytingida O‘zbekiston 100 balldan 11 ball to‘plagan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan bir pog‘ona yuqori. Mamlakat «erkin emas» maqomini saqlab qolmoqda.

Samarqanddan Istanbulga aviaqatnovlar tiklandi
4 mart 2021, 16:52

Samarqanddan Istanbulga aviaqatnovlar tiklandi

«Uzbekistan Airways» Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tikladi. Parvozlar 29 martdan boshlab amalga oshiriladi.

Markaziy Osiyo Ittifoqini tuzish haqida gapirishga hali erta — Sodiq Safoyev
4 mart 2021, 15:48

Markaziy Osiyo Ittifoqini tuzish haqida gapirishga hali erta — Sodiq Safoyev

«Markaziy Osiyo davlatlarida integratsiyaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lmish umumiy tamoyillar, qadriyatlar va uyg‘un mexanizmlar mavjud emas», — deya hisoblaydi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. U delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlari tugamasdan, O‘zbekistonda mustaqil davlat shakllanishining yakunlanishi haqida gapirishga erta ekanligini ham ta’kidladi.

«Xalqaro hamjamiyatga har qanday qo‘shilish suverenitetni cheklashdir» — Sodiq Safoyev JST va YeOII haqida
4 mart 2021, 15:40

«Xalqaro hamjamiyatga har qanday qo‘shilish suverenitetni cheklashdir» — Sodiq Safoyev JST va YeOII haqida

Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida YeOII yetarlicha o‘rganilmaganligi, shuning uchun avval kuzatuvchi bo‘lishga qaror qilinganligini aytdi. U shuningdek, xalqaro hamjamiyatga har qanday tarzda integratsiya qilish shaxsiy suverenitetni cheklashni anglatishini ta’kidladi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
4 mart 2021, 15:17

Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 6 — 9 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Turk delegatsiyasi Samarqandda mamlakat Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Yo‘l nosozligi sababli YTH sodir bo‘lsa, haydovchining zarari qoplanadi — Transport vazirligi
4 mart 2021, 15:16

Yo‘l nosozligi sababli YTH sodir bo‘lsa, haydovchining zarari qoplanadi — Transport vazirligi

Transport vazirligi idora inspektorlari qanday vakolatga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, yo‘l nosozligi sababli sodir bo‘lgan YTHlar bo‘yicha zarar yo‘l qaysi tashkilot balansida bo‘lsa, o‘sha tashkilot tomonidan qoplab berilishi aytildi.

Buxoroda muhtoj oilalarga biznes uchun 1000 ta konteyner ajratiladi
4 mart 2021, 15:09

Buxoroda muhtoj oilalarga biznes uchun 1000 ta konteyner ajratiladi

Buxoroda yordamga muhtoj oilalar uchun 1000 ta konteyner ajratiladi, ularni biznes ob’ekti sifatida ishlatish va aholiga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Modulli bloklar 24 mln so‘mga baholanmoqda, ularni imtiyozli kredit asosida sotib olish mumkin. Bundan avval, prezidentga bunday konteynerlardan qanday foydalanilayotganining namunalari ko‘rsatilgan edi.

Qirg‘iziston prezidenti 11−12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
4 mart 2021, 14:54

Qirg‘iziston prezidenti 11−12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11−12 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.

Gretsiyada kuchli zilzila qayd etildi
4 mart 2021, 13:53

Gretsiyada kuchli zilzila qayd etildi

Gretsiyaning markazida 6,9 balli zilzila qayd etildi. Kuchli zarbadan so‘ng, yer osti silkinishlari sodir bo‘lgan. Tabiiy ofat ko‘plab uy va binolarga zarar yetkazgan. Hozircha faqat bir nafar fuqaroning vayronalar ostidan qutqarib olingani haqida ma’lumot bor.

«Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod ko‘rmayapman». Sodiq Safoyev — prezident saylovlari to‘g‘risida
4 mart 2021, 12:25

«Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod ko‘rmayapman». Sodiq Safoyev — prezident saylovlari to‘g‘risida

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 2021 yilgi prezident saylovlari oldingi yillarda o‘tkazilgan islohotlarga baho beruvchi referendum bo‘lishini aytdi. U davlat rahbari lavozimiga Shavkat Mirziyoyevdan boshqa loyiq nomzodni ko‘rmayotganligini ta’kidladi. O‘z o‘rnida, senator alternativ dastur va nomzodlarsiz «saylovlar to‘laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholanmasligini» bildirdi.

«2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur» — prezident
4 mart 2021, 11:38

«2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining ehtiyojini qondirish uchun yiliga 100−150 mingta uy-joy qurish kerakligini aytdi. Shu sababli, 2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash mo‘ljallanmoqda. Davlat ipoteka dasturi asosida 45 mingta uy quriladi.

«Tashmore» da dam olish maskani barpo etiladi
4 mart 2021, 10:53

«Tashmore» da dam olish maskani barpo etiladi

O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan, xalq tilida «Tashmore», ya’ni «Toshkent dengizi» deb ataluvchi Tuyabo‘g‘iz suvomborida dam olish maskani bunyod etilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichida xitoylik investor tomonidan 2,5 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Qozog‘iston bilan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
4 mart 2021, 10:07

Qozog‘iston bilan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

Prezident O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Hujjat 2019 yil aprel oyida imzolangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting