3 mart kuni 6,9 balli zilzila Gretsiyaning markaziy qismidagi Elassona shahridan 21 kilometr janubi-g‘arbida sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda ТАСС.

Zilzila Afinadan Salonikgacha sezilgan. Kuchli zarbadan so‘ng, yer osti silkinishlari sodir bo‘lgan.

Minglab odamlar ushbu zilziladan keyin uylariga qaytishdan qo‘rqib, tunni ochiq havoda o‘tkazdilar. Tabiiy ofat ko‘plab uy va binolarga zarar yetkazgan. Futbol maydonida harbiylar chodirlar o‘rnatib, dala oshxonasini joylashtirdilar, deya xabar bermoqda Euronews.

Elassona shahrida bir nafar fuqaro vayronalar ostidan qutqarildi.

Qurbonlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar hozircha yo‘q.