Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti yana bir bor O‘zbekistonni «erkin bo‘lmagan» mamlakat sifatida baholadi. Freedom in the World 2021 (PDF) yangi reytingida O‘zbekistonda erkinlik darajasi maksimal 100 balldan 11 ballga baholandi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 10 ballni tashkil etgan.

O‘zbekistonliklarning siyosiy huquqlari 40 balldan 2 ball, fuqarolar erkinliklari darajasi 60 balldan 9 ball bilan baholandi.

MDH mamlakatlari reytingida:

  • Ozarbayjon — 10 ball / erkin emas
  • Armaniston — 55 ball / qisman erkin
  • Belorusiya — 11 ball / erkin emas
  • Qozog‘iston — 23 ball / erkin emas
  • Qirg‘iziston — 28 ball / erkin emas
  • Moldova — 61 ball / qisman erkin
  • Rossiya — 20 ball / erkin emas
  • Tojikiston — 8 ball / erkin emas
  • Turkmaniston — 2 ball / erkin emas
  • O‘zbekiston — 11 ball / erkin emas
  • Ukraina — 60 ball / qisman erkin

Shvetsiya, Norvegiya va Finlyandiya yana 100 ball bilan reytingning yetakchilariga aylanishdi. Ulardan keyingi o‘rinlarda Yangi Zelandiya (99), Kanada, Urugvay va Gollandiya (har biri 98 ball) bo‘lmoqda.

Eng yomon natijalarni Tibet va Suriya (har biri 1 balldan), Janubiy Sudan, Eritreya va Turkmaniston (har biri 2 balldan), shuningdek, Shimoliy Koreya (3 ball) ko‘rsatdi.

Freedom House o‘z hisobotida butun dunyo bo‘ylab erkinlik darajasi 15 yil ketma-ket pasayib borayotganini ta’kidlamoqda. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 54 mamlakat erkin emas — bu 2006 yilda global erkinlikning pasayishi boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Ushbu mamlakatlar dunyo aholisining 38 foizini tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi dunyoda erkinlikning pasayishini yanada kuchaytirgan.