Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev ma’lum qilgan, deya xabar berdi AKIpress agentligi.

«Prezident Sadir Japarovning keyingi tashrifi O‘zbekistonga bo‘ladi, tashrif 11−12 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.

Sadir Japarov oldinroq Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga tashrif buyurgan edi.

Eslatib o‘tamiz, u yanvar oyining boshida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 79 foiz ovoz bilan Qirg‘iziston prezidenti etib saylangandi.

Sadir Japarov BBC’ga bergan intervyusida prezidentlik muddati davomida avtoritar hokimiyat o‘rnatish xohishi yo‘qligini aytib, O‘zbekiston misolini keltirgan edi. «Karimov davrida kuchli diktatura edi. Shavkat Mirziyoyev kelgach, diktaturani olib tashlab, dunyoga eshigini ochdi. Agar diktatura o‘rnataman desa, Karimovning diktaturasini davom ettirsa bo‘lardi. Davom ettirmadi-ku. Bu har bir odamning o‘ziga bog‘liq», — degan edi Japarov.