Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilalar uchun biznes ob’ektlari sifatida ishlatilishi va aholiga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 1000 ta konteyner ajratiladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga.

Foto: prezident matbuot xizmati

Yaqinda viloyatga tashrif buyurgan prezident Shavkat Mirziyoyev dengiz konteynerlaridan bunyod etilgan modulli блокларtaқдиmоти bilan tanishgan edi. Ularda xizmat ko‘rsatish punktlari (sartaroshxonalar, tikuvchilik ustaxonalari, do‘konlar va boshqalar) sifatida uchun mo‘ljallangan. Davlat rahbari ushbu g‘oyani ma’qullagan edi va konteynerlar narxini 30 foizga pasaytirishni buyurgan edi.


Yuk tashish konteynerlaridan foydalanish orqali «temir daftar» ro‘yxatidan muhtojlarni ish bilan ta’minlash va ularni xizmat ko‘rsatish sohasiga jalb qilish rejalashtirilgan.


Hozirgi kunga qadar respublikaning turli hududlaridan 1000 donaga yaqin konteynerlar yig‘ilmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga ma’lum qilishiga ko‘ra, konteynerlar narxi (6×2,5 m) 24 mln so‘mni tashkil qiladi. Ularni sotib olish uchun uch yilga 14% stavka bilan kredit olish mumkin.