Iqtisodiyot

Banklarga beriladigan kreditlar muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinadi
20 avgust 2021, 11:41

Banklarga beriladigan kreditlar muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinadi

Prezident tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta — “so‘m"da va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. 1 oktyabrdan ilgari 1 mln dollargacha xorijiy valyutada olingan 6 mingga yaqin tadbirkorning jami 1 mlrd dollarga yaqin kreditlari milliy valyutaga o‘tkazib berilishi aytildi.

2022 yili davlat va nodavlat banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan $600 mln dollar ajratiladi
20 avgust 2021, 11:34

2022 yili davlat va nodavlat banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan $600 mln dollar ajratiladi

Ishbilarmonlar bilan muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlardan kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish va moliya-kredit masalalari bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qildi. “Banklarning kapitalini oshirish bo‘yicha, qo‘shimcha imkoniyatlar ishga solinadi. Buning uchun kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida, qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bir guruh tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirdi
20 avgust 2021, 09:42

Prezident bir guruh tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish va byudjet barqarorligini ta’minlash yo‘lida hissa qo‘shayotgan 100 nafar tadbirkorga minnatdorchilik bildirdi.

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlarga yengil avtomobil eksport qildi?
19 avgust 2021, 19:02

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlarga yengil avtomobil eksport qildi?

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 194 mln dollarga yengil avtomobil eksport qildi. Eksportning qariyb 94 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi, ikkinchi o‘rinda — Afg‘oniston.

Spark uchun shartnomalar tuzish yana boshlandi
19 avgust 2021, 16:25

Spark uchun shartnomalar tuzish yana boshlandi

UzAuto Motors kompaniyasi Spark uchun shartnoma tuzishni qayta tikladi, yangi shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berish 2022 yilning fevralidan boshlanadi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi
19 avgust 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 12,00 so‘mga pasaydi va jami 10 632,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

O‘zbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi e’lon qilindi
19 avgust 2021, 14:03

O‘zbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi e’lon qilindi

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi tarkibida o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va ruslar eng yirik etnik guruhlarni tashkil qiladi. 1989 yildan 2021 yilga qadar o‘zbek millatiga mansub aholi soni ikki baravardan ziyodga ko‘payib, 29,2 mlndan oshgan.

Iyul oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab nima sababdan kamaydi?
19 avgust 2021, 08:41

Iyul oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab nima sababdan kamaydi?

Iyulda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida talabning pasayishi kuzatildi, deya xabar qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Bunga epidemiologik vaziyatning yomonlashgani va ipoteka kreditlari hajmining kamayishi sabab qilib ko‘rsatildi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
18 avgust 2021, 16:42

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 8,31 so‘mga pasaydi va jami 10 644,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Toshkentda Islom taraqqiyot banki guruhining yillik anjumani o‘tkaziladi
18 avgust 2021, 10:17

Toshkentda Islom taraqqiyot banki guruhining yillik anjumani o‘tkaziladi

O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining 2021 yilgi yillik anjumaniga mezbonlik qiladi. Anjuman 31 avgustdan 4 sentyabrgacha Toshkent Xalqaro kongress-markazida bo‘lib o‘tadi.

Tashabbusli byudjet bo‘yicha ovoz berish bosqichi boshlandi
18 avgust 2021, 08:29 6

Tashabbusli byudjet bo‘yicha ovoz berish bosqichi boshlandi

Moliya vazirligi tashabbusli byudjet bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Endilikda fuqarolar mahalliy byudjetni taqsimlashda ishtirok etish, infratuzilmalarni yaxshilash, yo‘llar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha loyihalarga ovoz berishlari mumkin.

FT: Afg‘onistondagi vaziyat tufayli O‘zbekiston yevrobondlar arzonlashdi
17 avgust 2021, 20:35

FT: Afg‘onistondagi vaziyat tufayli O‘zbekiston yevrobondlar arzonlashdi

Afg‘on inqirozi tufayli O‘zbekiston va Pokistonning dollardagi yevrobondlari bosim ostida qoldi, deya qayd etdi Financial Times. Fondlar boshqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan qochqinlarning ehtimoliy chiqib ketishi qo‘shni davlatlarda moliyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
17 avgust 2021, 16:04

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 7,69 so‘mga pasaydi va jami 10 652,31 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

«Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi» — Shavkat Mirziyoyev
17 avgust 2021, 15:10 1

«Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘plab odamlarning bandligi va daromadi tadbirkorlikning qanday qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘liq ekanligini ta’kidladi. «Agar biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratib bermasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi», — dedi u.

“Islohotlarni qilib, tezroq boyisak, „Tolibon“ kabi xatarlar unchalik qo‘rqinchli emas” — iqtisodchi Behzod Hoshimov
17 avgust 2021, 14:53

“Islohotlarni qilib, tezroq boyisak, „Tolibon“ kabi xatarlar unchalik qo‘rqinchli emas” — iqtisodchi Behzod Hoshimov

Behzod Hoshimovning yozishicha, iqtisodiy qoloqlik va imkoniyatlar tengsizligi kelajakda O‘zbekiston tinchligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. “Bizning iqtisodiy darajamizda bizdek tinch mamlakatlar deyarli yo‘q, bizning daromadlarimiz ancha „xavfli“ chegarada”, — deydi u.

«Korrupsionerlar besh oyda 450 mlrd so‘m zarar yetkazgan» — Shavkat Mirziyoyev
17 avgust 2021, 11:18

«Korrupsionerlar besh oyda 450 mlrd so‘m zarar yetkazgan» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan 500 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilib, yetkazilgan zarar 450 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi
16 avgust 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 23,00 so‘mga pasaydi va jami 10 660,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro kursi ko‘tarildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi
16 avgust 2021, 14:32

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha biznes-tahlil va tavsiyalar tayyorlaydi. Beshta viloyatda markaz filiallari ochiladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi
13 avgust 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11,00 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 683,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

Radar joyi uchun kurash: narx boshlang‘ich bahosidan qariyb 100 barobarga oshib ketdi
12 avgust 2021, 17:37

Radar joyi uchun kurash: narx boshlang‘ich bahosidan qariyb 100 barobarga oshib ketdi

Toshkent markazidagi radar o‘rnatish joyi elektron auksionda boshlang‘ich bahosidan 95 barobar qimmatga — qariyb 3,5 mlrd so‘mga sotildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting