2021 yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194 mln AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123 mln dollarga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog‘iston — 181,9 mln dollar;
  • Afg‘oniston — 5,7 mln dollar;
  • Ukraina — 2,3 mln dollar;
  • Rossiya — 1,9 mln dollar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 1 mln dollar;
  • Ozarbayjon — 484,1 ming dollar;
  • Tojikiston — 480,1 ming dollar.

«Gazeta.uz» iyun oyida Qozog‘istonda UzAuto Motors avtomobil sotish bo‘yicha Lada`ni ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi. May oyida esa kompaniya Qozog‘istonda savdo hajmi 4697 foizga oshirishga erishdi. Qozog‘istonliklar eng ko‘p Cobalt avtomobilini xarid qilmoqda, ushbu model har oy birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.