Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston doimiy aholisining etnik tarkibiga oid statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga mamlakatda doimiy aholi soni 34,6 mln kishini tashkil etgan.

Doimiy aholi tarkibida eng yirik etnik guruhlar o‘zbek, tojik, qozoq, qoraqalpoq va rus millatiga mansub kishilardan iborat.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida «Gazeta.uz» tomonidan tayyorlandi.

Statistika qo‘mitasi taqdim qilgan ma’lumotlarga qaraganda, Respublikada doimiy aholining etnik tarkibi quyidagicha:

  • o‘zbeklar — 29,2 mln kishi;
  • tojiklar — 1,7 mln kishi;
  • qozoqlar — 821,2 ming kishi;
  • qoraqalpoqlar — 752,7 ming kishi;
  • ruslar — 720,3 ming kishi;
  • qirg‘izlar — 291,6 ming kishi;
  • turkmanlar — 206,2 ming kishi;
  • tatarlar — 187,3 ming kishi;
  • koreyslar — 174,2 ming kishi;
  • ukrainlar — 67,9 ming kishi;
  • ozarbayjonlar — 41,2 ming kishi;
  • belaruslar — 18,5 ming kishi;
  • boshqa millatlar — 426,4 ming kishi.

O‘zbekiston aholisining etnik tarkibiga oid mavjud 1989 yildagi маълумотларga ko‘ra, eng yirik etnik guruhlarni o‘zbek, rus, tojik, qozoq va tatar millati vakillari tashkil qilgan. Xususan, o‘zbeklar jami aholining 71,2% ini tashkil etgan.


2000 yildagi Etnik atlasда qayd etilishicha, yirik etnik guruhlar ketma-ketligi o‘zbek, rus, tojik, qozoq va qoraqalpoqlardan iborat bo‘lgan. 2000 yilda jami aholi tarkibida o‘zbek millatiga mansub aholi ulushi 77,4% ni tashkil qilgan.


Mamlakatda tub aholi — o‘zbek millatiga mansub aholi soni 2021 yilga kelib 1989 yilga nisbatan ikki baravardan ziyodga (107%ga) ko‘paygan. Shuningdek, tojik, qoraqalpoq, qirg‘iz hamda turkman millati vakillari soni sezilarli darajada o‘sgan. Ushbu davr mobaynida deyarli barcha yirik etnik guruhlar son jihatdan ko‘payib borgan bo‘lsa, rus millatiga mansub aholi 1 mln (57,6%ga) kishiga kamaygan.


Statisika qo‘mitasi, 1989 yilgi aholi ro‘yxati va 2000 yilgi Etnik atlas ma’lumotlari asosida «Gazeta.uz» tomonidan tayyorlandi

Ma’lumot uchun, 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 34,86 mln kishini tashkil qilayotgan edi.