Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirish to‘g‘risida farmoyish imzoladi.

Unga ko‘ra, «Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor», «Eng yaxshi soliq to‘lovchi» va «Eng yaxshi eksportyor» nomiga munosib deb topilgan 100 nafar tadbirkorlarga prezident nomidan minnatdorchilik xatlari topshirildi.

Foto: Xushnudbek.uz Telegram-kanali.

«Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, minnatdorchilik xatlarini prezidentning tadbirkorlar bilan bugungi uchrashuvidan oldin bosh vazir o‘rinbosarlari Jamshid Qo‘chqorov hamda Sardor Umurzakovlar topshirgan.


«Iqtisodiyotimizning ravnaq topishi va yurtimiz barqaror rivojlanishi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, byudjet barqarorligini ta’minlash hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan quyidagi tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirilsin», — deyiladi farmoyishda.

«Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor»

  • Azizov Shavkat Shaxabidinovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Karakalpaksement» MCHJ rahbari
  • Mustafayev Azat Yesbosinovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Atiyaj-gulzar» MCHJ rahbari
  • G‘aniyev Akrom To‘lqinovich — Andijon viloyatidagi «NIL-granit» MCHJ rahbari
  • Tuxtabayev Ulug‘bek Abdurashidovich — Andijon viloyatidagi «Khantex group» MCHJ rahbari
  • Mirzaalimov Raxmatullo Nomandjanovich — Andijon viloyatidagi «Bobur XBK» MCHJ rahbari
  • Kuvatov Jur’atbek Dilshadbekovich — Andijon viloyatidagi «Makro Farm Andijon» MCHJ rahbari
  • Tillabayev Xadiyatillo Axmadaliyevich — Andijon viloyatidagi «Dinar tekstil» MCHJ rahbari
  • Abduraimov Azizbek Abduraimovich — Andijon viloyatidagi «Zumrad textil» MCHJ rahbari
  • Nortojiyev Azamjon Abduraximovich — Buxoro viloyatidagi «G‘ayrat-chodak» MCHJ rahbari
  • Xamrayev Ibraxim Shaykulovich — Buxoro viloyatidagi «Merganteks» MCHJ rahbari
  • Achilov Shermuxammad Nurullayevich — Buxoro viloyatidagi «Parvoz xumo ravnaq trans» MCHJ rahbari
  • Burxanova Sabina Faxridinovna — Buxoro viloyatidagi yakka tartibdagi tadbirkor
  • Bazarov Diyor Gafurovich — Jizzax viloyatidagi «Sangzor-tekstil» MCHJ rahbari
  • Ergashev Alijon Sultanovich — Jizzax viloyatidagi «Jizzakh Textile» MCHJ xorijiy korxonasi rahbari
  • Patterson Uilyam Daniyel — Jizzax viloyatidagi «Silverleafe» MCHJ rahbari
  • Maksudi Jamil Rafik o‘g‘li — Qashqadaryo viloyatidagi «Oq saroy textile» MCHJ rahbari
  • Muftillayev Dilshod Abdillayevich — Qashqadaryo viloyatidagi «Uz Shoes» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Ibragimxodjayev Aziz Maxamatovich — Navoiy viloyatidagi «Akfa Extrusions» MCHJ rahbari
  • Fayziyev Ulugbek Ganiyevich — Navoiy viloyatidagi «Zarafshon golden group» MCHJ rahbari
  • Guyerin Frederik — Navoiy viloyatidagi «Nurlikum mininguzbek-french joint venture» MCHJ rahbari
  • Azizov Nasim Nematovich — Namangan viloyatidagi «Merrymed farm» MCHJ rahbari
  • Kamalitdinov Jobir Nuritdinovich — Namangan viloyatidagi «Oqtosh tekstil» MCHJ rahbari
  • Mamadaliyev Xasan Mamatvaliyevich — Namangan viloyatidagi «Mega tekstil» MCHJ rahbari
  • Saidov Abdukayum Abduraimovich — Namangan viloyatidagi «FT textile group» MCHJ rahbari
  • Abdullayev Nurali Yusufaliyevich — Namangan viloyatidagi «Nuran uz» MCHJ rahbari
  • Tursunov Abdurashid Amriyevich — Samarqand viloyatidagi «Sam-negin» MCHJ rahbari
  • Kuziyev Burxon Murodovich — Samarqand viloyatidagi «Paxtachi klaster» MCHJ rahbari
  • Saidjonov Munis Azizovich — Samarqand viloyatidagi «Samarkand-England eco-medical» MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona rahbari
  • Normatov Muxiddin Erkinovich — Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo mega lyuks» MCHJ rahbari
  • Abduraxmonov Durbek Xalyigitovich — Sirdaryo viloyatidagi «Poly tex Sirdaryo» MCHJ rahbari
  • Tojimirzayeva Guzalxon Bahodir qizi — Sirdaryo viloyatidagi «Wang da group» MCHJ rahbari
  • Xasanova Saidbibi Nematovna — Sirdaryo viloyatidagi «Orchid-beauty» MCHJ rahbari
  • Shoymardonov Sherzod Tursupo‘latovich — Surxondaryo viloyatidagi «Indenim klaster» MCHJ rahbari
  • Musabayev Alisher Kosimovich — Surxondaryo viloyatidagi «Sherobod anor impex» MCHJ rahbari
  • Erdog‘an Filiz Marashliog‘lu — Surxondaryo viloyatidagi «Alles Sag‘lik Group» MCHJ xorijiy korxonasi rahbari
  • Muratov Saidbek Adilbekovich — Toshkent viloyatidagi «Quality device» MCHJ rahbari
  • Nazirbekov Rustambek Ravshanbekovich — Toshkent viloyatidagi «Navruz international corp» MCHJ rahbari
  • Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich — Toshkent viloyatidagi «East mining invest» MCHJ rahbari
  • Razakov Muminjon Maxammatovich — Farg‘ona viloyatidagi «Fergana global textile» MCHJ rahbari
  • Syuy Deming — Farg‘ona viloyatidagi «Farg‘ona yasin qurilish mollari» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Yaqubov Abduvaqqos Abdusattorovich — Farg‘ona viloyatidagi «Albus cement group» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Aminova Nargiza Tolibovna — Farg‘ona viloyatidagi «Narimteks» MCHJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi rahbari
  • Nurmetov Sarvar Komiljonovich — Xorazm viloyatidagi «Xorazm tex» MCHJ rahbari
  • Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li — Xorazm viloyatidagi «Textile finance Khorezm» MCHJ rahbari
  • Axmedov Baxodir Atamuratovich — Xorazm viloyatidagi «Urganch baxmal» MCHJ rahbari
  • Xashimov Zafar Kamilevich — Toshkent shahridagi «Anglesey food» MCHJ rahbari
  • Bekmuratova Nargiza Ulug‘bekovna — Toshkent shahridagi «Elegant Garment Textile» MCHJ rahbari
  • Nazarov Murodjon Taxirdjanovich — Toshkent shahridagi «Franchising invest» MCHJ rahbari
  • Samiqjonov Bekzod Alisher o‘g‘li — Toshkent shahridagi «Sofiya qandolat» MCHJ rahbari

«Eng yaxshi soliq to‘lovchi»

  • Panayev Islambek Kutlimuratovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Stroy vektor plus» xususiy korxonasi rahbari
  • Nurlibayeva Baxitgul Zariyevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Titan cement» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Yusupov Xursandbek Ubaydullayevich — Andijon viloyatidagi «Saxovat texs» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Gadoyev Shodmon Tolibovich — Buxoro viloyatidagi «Promtexservisspesmontaj» MCHJ rahbari
  • Fayziyev Botirjon Ubaydullayevich — Buxoro viloyatidagi «Petrochem Bukhara» MCHJ rahbari
  • Sayfullayev Xojiakbar Gafurovich — Jizzax viloyatidagi «Sangzor-parranda» MCHJ rahbari
  • Abduraxmanov Ilxomjon Tursunovich — Jizzax viloyatidagi «Paxtakor teks» MCHJ rahbari
  • Yusupov Jamol Axmatovich — Qashqadaryo viloyatidagi «Nasaf profi servis» MCHJ rahbari
  • Geldiyev Uktam Xusanovich — Qashqadaryo viloyatidagi «Namuna qurilish montaj dezayn servis» MCHJ rahbari
  • Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich — Navoiy viloyatidagi «Gidro-stanko-servis» MCHJ rahbari
  • Fayziyev Ibragim Axmadjonovich — Navoiy viloyatidagi «Navpromlitmash» MCHJ rahbari
  • Tudakov Aleksey Pavlovich — Namangan viloyatidagi «Chortoq mineral water» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Dadabayev Qobil Kasimboyevich — Namangan viloyatidagi «Art soft tex» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Umarov Baxtiyor Ganiyevich — Namangan viloyatidagi «Istiqlol tekstil dizayn» MCHJ rahbari
  • Jo‘rayev Faxriddin Umarkulovich — Samarqand viloyatidagi «Jomboy yashil chiroqlari» MCHJ rahbari
  • Musinov Baxtiyor Muxamedjanovich — Samarqand viloyatidagi «Baxt» xususiy korxonasi rahbari
  • Abdulloyev Kamol Talatovich — Samarqand shahridagi «SAM ANTEP GILAM» MCHJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi rahbari
  • Urakov Qo‘ziboy — Sirdaryo viloyatidagi «Baxtteks-farm» MCHJ rahbari
  • Gafurov Umar Xasanovich — Sirdaryo viloyatidagi «Temur med farm» MCHJ rahbari
  • Asatov Xamidulla — Surxondaryo viloyatidagi «PETROMARUZ Uzbekistan» MCHJ xorijiy korxonasi rahbari
  • Alimov Sherzod Gayratovich — Surxondaryo viloyatidagi «Angor Surxon g‘ururi» MCHJ rahbari
  • Nurxodjayev Alisher Raxmatullayevich — Toshkent viloyatidagi «Argayl» MCHJ rahbari
  • Sabirdjanov Odiljon Sadijanovich — Toshkent viloyatidagi «Master global plyus» MCHJ rahbari
  • Yuldashev Adxam Melikuziyevich — Farg‘ona viloyatidagi «Star metal» MCHJ rahbari
  • Qosimov G‘ayrat Mutalovich — Farg‘ona viloyatidagi «Hamza expo art tekstil» xususiy korxonasi rahbari
  • Sharipov Umarbek Kuranbayevich — Xorazm viloyatidagi «Tillo domor» xususiy korxonasi rahbari
  • Mishagin Oleg Anatolevich — Toshkent shahridagi «Soft line international» MCHJ rahbari

«Eng yaxshi eksportyor»

  • Yuldashev Xurshid Ruzmametovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «To'rtko'l shisha idishlari» MCHJ rahbari
  • Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich — Andijon viloyatidagi «Ravon taraqqiyot orzusi» MCHJ rahbari
  • Zokirov Farxodjon Latipovich — Andijon viloyatidagi «Xo‘jaobod fayz-m» MCHJ rahbari
  • Deripalko Dmitriy Aleksandrovich — Buxoro viloyatidagi «Knauf Gips Buxara» MCHJ shaklidagi Germaniya xorijiy korxonasi rahbari
  • Xakimov Jamshid Yusupovich — Jizzax viloyatidagi «Arnasoy gold tex» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Mamadaminov Umid Maxmudovich — Jizzax viloyatidagi «Jizzakh agritrade» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Ergashev Dadajon Azimjanovich — Jizzax viloyatidagi «Jizzax-Toshtepa tekstil» MCHJ rahbari
  • Cheng Zi — Qashqadaryo viloyatidagi «LT textile international» MCHJ xorijiy korxonasi rahbari
  • Yusupov Nosir Fatixovich — Samarqand viloyatidagi «Bulungur-sandvikagrofirma» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Fattayev Abdurashid Mo‘minovich — Samarqand viloyatidagi «Zarafshon tekstil» MCHJ rahbari
  • Samarin Denis Pavlovich — Samarqand viloyatidagi «Sam fruit» AJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Kadirov Dilshod Gayratovich — Surxondaryo viloyatidagi «Best veg» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Mirzayev Ulug‘bek Maxamatkarim o‘g‘li — Toshkent viloyatidagi «Technologies of real time» MCHJ rahbari
  • Xaydarov Shokir Valerevich — Toshkent viloyatidagi «Green agro food» MCHJ rahbari
  • Xalmurzayev Anvar Nishanovich — Toshkent viloyatidagi «Legumes» MCHJ rahbari
  • Kasimov Maqsudjon Musinjonovich — Farg‘ona viloyatidagi «Nurli tong-silk» MCHJ rahbari
  • Abduraximov Muxsin Muminovich — Farg‘ona viloyatidagi «Kokand bicycles» MCHJ rahbari
  • Normatov Xurshid Abdurashidovich — Farg‘ona viloyatidagi «Uz-segang» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Abduraxmonov Adxamjon — Farg‘ona viloyatidagi «Paradise garden fruits» ishlab chiqarish kooperativi rahbari
  • Xojiyev Dilshodbek Maksudbek o‘g‘li — Xorazm viloyatidagi «New best style» MCHJ rahbari
  • Xudaynazarov Xursandbek Shavkat o‘g‘li — Xorazm viloyatidagi «Global food impex» MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari
  • Kasimov Sherzodjon Xabibullayevich — Toshkent shahridagi «Techno export» MCHJ rahbari
  • Isonbayev Sarkor Ravshanovich — Toshkent shahridagi «Dentafill plyus» MCHJ rahbari
  • Dadaxonov Davron Toxirovich — Toshkent shahridagi «Global export company» MCHJ rahbari