Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi 14 sentyabrdan boshlab an’anaviy tarzda 2020/2021 o‘quv yili faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan ta’lim muassasalar ro‘yxatini e’lon qildi. Xalq ta’limi vazirligining «Gazeta.uz» ga xabar berishicha, kunduzgi darslar 318 maktabdan atigi 143 tasida boshlanadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu yechim sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilarni koronavirus ko‘rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlariga ko‘ra qabul qilinigan

  • Bektemir tumanidagi 289-sonli maktab.
  • Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 49, 50, 64, 121, 208, 209, 210, 221, 223, 241-sonli maktablar hamda FFIDUM.
  • Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.
  • Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 76, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.
  • Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.
  • Chilonzor tumanidagi 66, 184, 200, 280-sonli maktablar.
  • Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 40, 41, 34a, 59, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 262, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.
  • Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 58, 63, 70, 80, 96, 98, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.
  • Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.
  • Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

«Fursatdan foydalanib, ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondoshishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz», — Toshkent shahar XTBB xabarida.

Foto: XTV

Onlayn-maktab

Ta’lim shaklini onlayn tarzda tanlagan hamda maktabining faoliyati hali tiklanmagan o‘quvchilar belgilangan dars jadvali asosida o‘quv dasturini o‘zlashtirib borishlari mumkin, deya ta’kidladi XTV matbuot xizmati.

Televizion darslar 3 ta telekanalda dushanbadan shanbagacha har kuni soat 8:30 dan boshlab Online-maktab turkumida namoyish etib boriladi.

Online-maktab darslari «UzDigital TV» tarmog‘ida quyidagi telekanalar orqali efirga uzatiladi:

  • 1−4 sinf o‘quvchilari uchun — National Geographic;
  • 5−8 sinf o‘quvchilari uchun — Eurosport;
  • 9−11 sinf o‘quvchilari uchun — Oxota i rыbalka.

Kabel televideniyesi va IP TV tarmoqlarida:

  • 1−4 sinf o‘quvchilari uchun — National Geographic;
  • 5−8 sinf o‘quvchilari uchun — TVS;
  • 9−11 sinf o‘quvchilari uchun — Fashion TV.

Darslarni parallel ravishda quyidagi internet resurslar orqali kuzatib borish mumkin:

Shuningdek darslar Mediabay.uz, Mover.uz saytlariga hamda ijtimoiy tarmoqdagi telegramm kanallariga ham joylashtiriladi.

Online-maktab televizion darslari Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda ZO‘R TV bilan hamkorlikda tasvirga olinmoqda.

Darslarni tasvirga olish uchun A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Respublika tashxis markazida jami 6 ta studiya tashkil etildi.

Televizion darslarni tasvirga olishga jami davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridan jami 117 nafar tajribali va malakali pedagoglar, 12 nafar surdo-tarjimon va 15 nafar muharrirlar jalb qilindi.

Televizion darslarning jadvali kunlik tarzda Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.