14 sentyabr kuni mamlakatimizda 572 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Namangan viloyatlarida jami 524 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 47 995 nafar bemordan 44 526 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 071 nafar bemordan 451 nafari og‘ir, 243 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.