9 sentyabr kuni O‘zbekistonda 512 holatda koronavirus qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 443 ta, ikki kun muqaddam — 312 ta edi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

️Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Xorazm hamda Andijon viloyatlarida jami 314 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 930 nafar bemordan 42 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 352 nafar bemordan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.